Yigilishni Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i J.Anvarov ochib berdi. Yig’ilishiga kiritilgan loyihalarni har biri kengash a’zolarining xulosalariga asosan baho berilishi hamda koʻrib chiqish muddatlari o’z vaqtida amalga oshirilishi zarurligini qayd etdi.

Yig’ilishda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan Arxitektura shaharsozlik kengashi yig‘ilishida Toshkent viloyatida joriy yilda quriladigan jami 44 ta qurilish obyektlarining loyihalash jarayoni ko‘rib chiqildi. 14 ta ruxsatnomalari tahlil qilinadi.                     

Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qaroriga asosan yer uchastkalarini auksionga chiqarish uchun 25 ta yer uchastkalari komisiiya a’zolari tamonidan ko‘rildi.

Yig‘ilish yakunida kengash a’zolarining xulosalariga asosan tegishli hujjat va ruxsatnomalar berildi.