Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshligi J. Anvarov O‘rta Chirchiq tumani hamda Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari jarayonini o‘rgandi.

Mutasaddi rahbarlar Toshkent aylanma yo‘li hamda Toshkent–Nurafshon avtomobil yo‘llari kesishgan hududda qurilayotgan yerosti yo‘li bilan tanishdilar.
Mazkur loyiha doirasida 4 ta piyodalar o‘tish yo‘li, 4 ta kichik aylanma yo‘l va 2 ta qayrilish yo‘lagi barpo etilishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari “Ko‘prikqurilish” AJ tomonidan olib borilmoqda.