Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududida Arxitektura nazorati departamentining tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqaro X.S. tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur qurilish ishlari belgilangan shaharsozlik normalari va qonunchilik talablariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilgan.

Holat yuzasidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-son qarori mazmun-mohiyati hamda belgilangan talablar bo‘yicha tushuntirish berildi.

Shuningdek, aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 99-modda 8-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Tegishli idoralar tomonidan holat yuzasidan qonun doirasida o‘rganish va nazorat ishlari davom ettirilmoqda.