Toshkent viloyatidagi Issiqlik ta’minoti 2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, Toshkent viloyatidagi jami 5 033 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud. Shundan 3 ming 441 tasi yoki 70 foiz markazlashgan Individual issiqlik tizimi ta’minotidan foydalanmoqda.
Qolgan 1 ming 592 tasi 32 foiz alternativ usulda, ya’ni qo‘lbola pechlar, golland pechlari, issiq suv kolonkalari, elektr isitgichlar yoki boshqa turdagi loyihasiz isitish tizimidan foydalanib kelmoqda.
Viloyatda bugungi kunda jami 50 ta qozonxonalar mavjud bo‘lib, shundan 47 tasi soz holatda. Ushbu qozonxonalarda jami 144 ta qozonlar va 274 km issiqlik tarmoqlari mavjud.
2024-2025 yillar korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan jami 19 ta qozonlar va 38,9 km issiqlik tarmoqlarini joriy ta’mirlandi. Bugungi kunda 3 889,0 mln.so‘m mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 6 ta qozonlar, 7,8 km issiqlik quvurlari mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.
Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi
Toshkent viloyati Nurafshon shahar Toshkent yo`li shox ko‘chasi 32-uy
+998501021055: +998-95-146-28-80
FAKS: +998 95 146 28 80
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin:
Creative Isoft command
© 2022 - O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu sayt inSoft.uz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan