Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Bekobod shahar “Nur Classic Servis” va “INVEST-TA’MIR 077” MChJ BSK ishchilari tomonidan shahar hududidagi bir necha mahallalarda ko‘p qavatli uylarda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona MFY – 13-daha, 80 va 94-sonli uylarning yerto‘la qismidagi oqova quvurlari ta’mirlandi.

Tinchlik MFY – 3-daha, 6-sonli uy kirish yo‘laklarida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bog‘ishamol MFY – 13-daha, 62-sonli uyda fuqaro murojaati asosida kanalizatsiya tizimi tozalandi.

Shirin MFY – 13-daha, 16 va 19-sonli uylar yerto‘lasidagi kanalizatsiya quvurlari ifloslanish holatlaridan tozalandi.

Aholi uchun sog‘lom va qulay muhit yaratish ishlari izchil davom etmoqda.