Fotosurat nega olib tashlandi? Chirchiq shahridagi tungi navbatchilik bo‘yicha rasmiy izoh
Fotosurat nega olib tashlandi? Chirchiq shahridagi tungi navbatchilik bo‘yicha rasmiy izoh
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining Telegram kanalida “Chirchiq shahrida tungi navbatchilik qat’iy nazoratga olindi” sarlavhasi ostida axborot e’lon qilingan edi. Mazkur xabarga tegishli fotosurat ham ilova qilingan.
Biroq qisqa fursat ichida ushbu fotosurat xabardan olib tashlangani jamoatchilik e’tiborini tortib, turli savollar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Fotosurat mazmuni bilan tanishgan ayrim foydalanuvchilar tungi navbatchilikni amalga oshirayotgan dispetcher ish joyida turgan shisha yuzasidan turlicha talqinlar bildirdi.
Mazkur holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Chirchiq shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi xodimlari tomonidan shahardagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari (BSK)ning tungi navbatchilik dispetcherlik xizmatlari rejali tartibda o‘rganib borilmoqda.
Shuningdek, holat bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ta’kidlash joizki, fotosuratda aks etgan shisha ichida spirtli ichimlik bo‘lmagan. Aniqlanishicha, ushbu idishda maishiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan sirka (uksus) saqlangan. Mazkur holat ayrim blogerlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinishining oldini olish maqsadida fotosurat Telegram kanalidan olib tashlangan.
Shu bois mazkur holatni asossiz ravishda turlicha talqin qilish o‘rinli emas. Tungi navbatchilik xizmatlari belgilangan tartibda tashkil etilgan bo‘lib, doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati
Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi
Toshkent viloyati Nurafshon shahar Toshkent yo`li shox ko‘chasi 32-uy
+998501021055: +998-95-146-28-80
FAKS: +998 95 146 28 80
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin:
Creative Isoft command
© 2022 - O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu sayt inSoft.uz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan